1. Talaba KM kursini o'zlashtirib oladi va video darslar va uy vazifasini o'z ichiga olgan platformaga kirish huquqiga ega bo'ladi.
2. Starshiy kurator o'quvchilarning umumiy ro'yxatini va tavsiyanomalarni kuratorlardan oladi.
3. Kurator vazifalarni tekshiradi, tavsiyalar beradi, talabalarni o'qishga undaydi va kursning eng yaxshi va faol talabalarini ro'yxatini shakllantirib boradi, bo'sh ish o'rinlarini taqsimlashda prioritet sifatida ularni KM menejeriga yuboradi.
4. Menejer hamkorlarni izlaydi va ular bilan birga ishlashni yo'lga qo'yadi.
5. Hamkorlik shartlari:
- Barter tizimi
Piarimiz uchun taniqli yirik kompaniyalar.
Instagramda 10 mingdan ortiq obunachiga ega kompaniyalar.
Bunday holda, ushbu tizim bo'yicha ishlaymiz - biz ularga xodimlar yetkazib beramiz, ular bizni reklama qiladilar.
Dastlab biz ushbu tizimni barcha kompaniyalarga taklif qilamiz, lekin biz faqat 5 nafar xodimni bepul yetkazib beramiz, qolganlari uchun esa haq olamiz.
- Ular bizga pul to'laydilar.
Ijtimoiy tarmoqlarga ega bo'lmagan yoki 10 mingdan kam obunachisi bo'lgan kompaniyalar.
Ish haqining 70 foizini bir martalik to'lov sifatida to'lash.
- Biz ularga to'laymiz.
1-bandda sanab o'tilgan, ammo barter bo'yicha ishlashga tayyor bo'lmagan kompaniyalar. Belgilangan narxni biz to'lashimiz mumkin.
6. Hamkorlik o'rnatilgandan so'ng biz nomzodning profilini so'raymiz va talabalar orasidan mos xodimni qidirishni boshlaymiz (tematik kursda ham, KM da ham faol bo'lgan talabalarda ustunlik bo'ladi).
7. Kurator nomzodlar suhbatining dastlabki bosqichini o'tkazadi, so'ng mos keluvchi nomzodlarni menejerga topshiradi.
8. Menejer nomzodlarni hamkorlarga topshiradi va suhbatga yo'naltiradi: agar nomzod mos kelib, sinov muddatiga qabul qilinsa, u hamkor bilan ishlay boshlaydi, agar mos kelmay qolsa, mijozga ma'qul kelguniga qadar nomzodini taqdim etishda davom etadi.
9. Keyin menejer har hafta hamkor va ish joyidagi talabadan fikr-mulohazalarni oladi va ular bir-biridan qoniqishyaptimi yoki yo'qmi aniqlik kiritadi. Agar hamkor nomzoddagi biror narsadan qoniqmasa, biz darhol muammolarni bartaraf etishga harakat qilamiz - nomzodni kurator bilan bog'laymiz va yuzaga kelgan qiyinchiliklarda yordam berishga harakat qilamiz.
10. Sinov muddatidan o'tganimizdan so'ng, biz hamkordan fikr-mulohazalarni olamiz. Agar nomzod unga ma'qul kelgan bo'lsa, ish uchun to'lov olamiz. Agar nomzod mos kelmagan bo'lsa, muammo aynan nimada bo'lganini aniqlab, yangi nomzodni taklif qilamiz. Nomzoddan ham hamkor haqidagi fikr-mulohazalarini olamiz.
11. Nomzodimiz ishga qabul qilingandan so'ng, chorak davomida oyda bir marta o'zaro fikr-mulohazalarni qabul qilishni davom ettiramiz.